Главная » 2015 » Апрель » 15 » Issiq yoz tunida muzdek uxlashingizga yordam beruvchi 7 qurilma.
07:31
Issiq yoz tunida muzdek uxlashingizga yordam beruvchi 7 qurilma.
Yurtimizga yoz faslining kirib kelishiga ham oz qoldi. Hademay hash-pash deguncha yozning issiq chillasi kirib keladi. Bunday sharoitda (issiqda) salqin yotishni xoxlovchilar uchun Nomdor.ru jamoasi yordam tariqasida foydali maslaxatlar chiqara boshladi. Yozda salqin xonada uxlash uchun konditsionerdan foydalanish mumkin, ammo quyidagi 7 gadjetni e’tibordan chetda qoldirish yaxshi emas. Chunki ular orasida sizni hayratga soladiganlari ham bor.
 
 
1. Gel’O sovuq yostiq matosi
 
Bu yostiq matosi yostig‘ingizni shunday sovutadiki, uxlaganda hech ham terlamaysiz. Shuningdek ushbu gadjet Amazon internet-do‘konida eng ko‘p sotiladigan mahsulot hisoblanadi. Narxi: 37,50$
 
2. Simmons Beautyrest matrasi
 
Bu matras Beautyrest tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, yotoq joyida harorat oshib ketishidan saqlaydi. Narxi: 299,99 – 699,99$
 
3. Dyson Air Multiplier ventilyatori
 
Bu kelajak ventilyatori bo‘lib, uni stol ustiga o‘rnatish va umuman shovqinsiz salqin havodan bahramand bo‘lish mumkin. Narxi: 234,97$
 
4. IDEA Mini-Elefan ventilyatori
 
Eng kichik va arzon narxdagi ventilyator loyihasi. Uning havo purkagichini istalgan tomonga yo‘naltirib qo‘yish mumkin. Narxi: 59,99$
 
5. Chilipad yopinchig‘i
 
Bu yopinchiq yordamida yotoq temperaturasini o‘zgartirish mumkin. Undan ham isitish, ham sovutish maqsadida foydalansa bo‘ladi. Narxi: 499$
 
6. Yotoqxona havo purkagichi
 
Ushbu qurilma yotoq osti bo‘ylab salqin havo yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. U tovushsiz ishlashi va uning havo tezligini o‘zgartirish mumkinligi ahamiyatga molik. Narxi: 79,95$
 
7. Perma-Frost Hydra – ichimlik suvini muzdek saqlab turuvchi qurilma
 
Yarim tunda uyg‘onish va issiq havoda muzdek ichimlik ichishni istovchilar uchun mo‘ljallangan ushbu idish ikki qavat qoplama bilan himoyalangan. Qoplamalar o‘rtasida esa ichimlikni muzdek saqlovchi maxsus gel o‘rnatilgan. Shu bois ushbu idishdagi ichimlik soatlab muzdek saqlanishi mumkin. Narxi: 17,99$
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 793 | Добавил: AsadulloH | Теги: Issiq yoz tunida muzdek uxlashingiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость