Главная » 2015 » Апрель » 7 » Kaniza – «Mani yorim Qo’qonda va Jizzaxda»…?!
07:16
Kaniza – «Mani yorim Qo’qonda va Jizzaxda»…?!

Screenshot_2015-02-25-12-50-57~2Shou – biznes olamida hamisha tomoshabinlarning nazarida bo’ladigan, noan’anaviy chiqishlari, ijodi bilan barchani e’tiborini tortadigan Kaniza shu kunlarda o’z tinglovchilari uchun bir nechta yangi ijod mahsullari yaratish bilan band.
Barchaga tanish bo’lgan «Mani yorim Qo’qonda» deya nomlangan taronasi tinglovchilar qalbidan munosib o’rin olganidan so’ng Jizzaxlik muxlislarini iltimoslarini inobatga olgan holda, ularni ham xursand qilish maqsadida «Mani yorim Qo’qonda va Jizzaxda» deya qo’shiqni qayta kuylaydi.


Ayni damda Kaniza Jizzax shahriga yo’l olib mazkur tarona uchun yosh, iste’dodli ijodkor sardor Ismailov hamkorligida videoklip tasvirga oldirishni boshladi. Klip Jizzax shahrida va albatta Qo’qonda suratga olinadi.
Shuningdek, xonanda tez kunda boshqa qo’shiqlaridan tubda farqlanuvchi yangi taronani taqdim etadi.

Категория: Shou Biznes | Просмотров: 794 | Добавил: AsadulloH | Теги: Kaniza – «Mani yorim Qo’qonda va Ji | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость