Главная » 2015 » Март » 19 » Kapalaklar uyi endi Toshkentda
08:10
Kapalaklar uyi endi Toshkentda

Hayvonot bog’iga istirohat qilishning yana bir sababi.
Endi Toshkent hayvonot bog’ida yangi ochilgan Kapalaklar uyi ko’zimizni quvontiradi.
Ochilgan Kapalaklar uyi O’rta Osiyoda yagonadir.
Ayni damda ochilgan oranjereyada Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo’lmish – Singapur, Tailand, Malayziya, Filippindan olib kelingan 20 tropik kapalaklar turi parvoz qilmoqdalar.
Keyinchalik kapalaklarning soni yanada ko’payishi, hayvonot bog’iga tashrif buyurganlar ularning to’liq hayot davrlarini ko’ra olishlari uchun oranjereyaga maxsus monitorlar o’rnatilishi rejalashtirilgan.
Kapalaklar uyida, kapalakning gumbaki ko’rsatilgan maxsus burchak yaratiladi. Unda barcha qiziquvchilar o’z ko’zlari bilan kapalakning tug’lishini ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Bahorning quyosh nuriga to’la bo’lgan kuni bo’lishi qadar yaqinlaringiz bilan bunday go’zallikni tomosha qilish esingizdan chiqmasin!

 

Manba: Nomdor.Ru

Категория: Shou Biznes | Просмотров: 700 | Добавил: NuRMuHaMMaD | Теги: Kapalaklar uyi endi Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость