Shou – biznesda o’z o’rniga ega xonanda, kino olamida ham ko’zga ko’ringan iste’dodli aktrisa, farzand tarbiyasi bilan band bo’lsa – da, san’atini to’xtmagan holda ijod qilayotgan Madina Mumtoz yangi – yangi ijod namunalarini bilan muxlislarini xushnud etishdan charchamaydi.
Madina Mumtoz iste’dodli ijodkor Bahodir Nizomov bilan birgalikda kuylagan. Bu ijodkorni ko’pchilik tanimasligi mumkin, ammo san’at ahli Bahodirning ijodi bilan yaxshi tanish. u bir qator xonandalar bilan hamkorlik qiladi, jumladan Ziyodaning «Sevadi yorim», «Nega – nega», «Hayolim» kabi xit qo’shiqlarining muallifidir.
Tarona «Nedan» deb nomlangan bo’lib, u Madinaning avvalgi qo’shiqlaridan yo’nalish jihatidan mutlaqo farq qiladi. Mazkur kompozitsiyaning musiqasini ozarbayjonlik xonanda va kompozitor Ahmed Mustafoyev Madinaning taklifi bilan maxsus bastalab bergan. Umid Obidov esa musiqiy sayqal ishlarini bajargan bo’lsa, qo’shiqning matni ustida Bahodir Nizomov qalam tebratgan.
Yangi duet tarona uchun tez kunda Sarvar Karimov hamda Izzat Lutfullayev tomonidan videoklip suratga olinadi.
Madina Mumtoz va Bahodir Nizomovdan yangi duetni tinglab bahra olamiz!
Manba: Nomdor.Ru
|