Главная » 2015 » Апрель » 8 » Nonushta uchun ko'katli quymoqlar.
13:23
Nonushta uchun ko'katli quymoqlar.
1. Shivit - Pishloq.
2 dona tuxumni 100gr.sut bilan atalab,tuz va murch qo'shing.So'ngra suyuqlik darajasiga moslab,un solasiz.Aralashmani ikki qismga ajratib,biriga to'g'ralgan shivitni qo'shingda o'simlik yog'i solingan tovada pishirib oling,ikkinchisiga esa qirg'ichdan chiqarilgan 100gr.pishloqni soling.Uni ham tovada qizartirib oling.Keyin yashil quymoq ichiga oddiysini joylab rulet shaklida o'raysiz.Dasturxonga tortishda smetana bilan bezatish mumkin.

2. Pomidor - Sosiska.
4 dona atalangan tuxumga 2 ta to'g'ralgan pomidor,3 ta qaynatilgan sosiska va yarim bog'dan shivit va kashnich qo'shing.Tuznamagini sozlab,o'simlik yog'i solingan tovada pishirib oling.Tayyor bo'lgach,tovadan asta olib likopchaga joylaysiz va bo'laklarga bo'lib,dasturxonga tortiq qilasiz.

3. Lavash - Ismaloq.
Navbatdagi retsept uchun bitta lavash xamiri, 4 dona tuxum,50 gr un,bir bog' ismaloq kerak bo'ladi.Atalangan tuxumga qirg'ichdan chiqarilgan pishloq,to'g'ralgan ismaloq,un va tuzni qo'shib aralashtiring.So'ngra o'simlik yog'i solingan tovada ikki tarafini qizartiring.Quymoqni mayonez surtilgan lavash xamiri ustiga joylab.Rulet shaklida o'rang.

Yoqimli ishtaxa.
Категория: Pazandachilik Sirlari | Просмотров: 1144 | Добавил: AsadulloH | Теги: Nonushta uchun ko'katli quymoqlar. | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость