Главная » 2015 » Март » 17 » Ozodbek Nazarbekov Axmadovich (Biografiya).
23:39
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich (Biografiya).

Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974-yil mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan.

1994-yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002-yildan

buyon "O'zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.

Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi Davlat tadbirlarida:

O'zbekiston Respublikasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol

ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon

konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida "Oydin

kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini, 2005-yil 15-16-aprelda esa,

Xalqlar do'stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini,

2006-yil 12-13-14-15-16-17-aprel kunlari "Sening darding…”, 2007-yil 7-apreldan 14-

aprelga qadar "Diydor shirin”, 2008-yil aprelda "Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda

"Yaprog'imiz azim chinorning”, 2009-yil 4-apreldan 24-aprelga qadar "Mushtarak

manzil”, 2010-yil 5-apreldan 23-aprelda "Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert

dasturlarini o'z muxlislariga taqdim etdi. Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8ta

video kasseta va disk to'polamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov

2003-2007 yillarda Mannon Uyg'ur nomidagi san'at oliygohining talabasi bo'ldi.

Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda. U 2007-yil

Oliy mukofotlardan biri "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” unvoni bilan

taqdirlandi. 2010-yilda elu-yurtning yuksak mukofoti "O'zbekiston xalq artisti”

unvoniga sazovor bo'ldi. 2010-yil musiqa va tele video nominasiyasi "M&TVA 2010”

taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo'lga kiritdi.

Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 972 | Добавил: NuRMuHaMMaD | Теги: Ozodbek Nazarbekov Axmadovich (Biog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость