Главная » 2015 » Март » 17 » Tushda Baliq ko'rsa / Тушда Балик курса
10:55
Tushda Baliq ko'rsa / Тушда Балик курса

Baliq- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik ramzidir. Osmondan tushayotgan baliqni yoki baliq yomg'irini tushda ko'rish-yomon alomat! Ekologik xalokatdan, musibatdan darak beradi. Baliq tutayotganlik tushga kirsa - qiyin ahvoldan chiqishga urinishni bildiradi. Baliqlarning to'planib qolganligini tushda ko'rish - taqdir ixtiyoriga o'zingizni ko'pam topshiravermang, yo'qsa o'zingizning imkoniyatingizni boy berasiz. Tushingizda uchta baliqni ko'rsangiz - omadim keldi deyavering. Agar tushda baliq yeyayotgan bo'lsangiz, kutilmagan, ammo yaxshi xabar olasiz. Odam basharali baliq tushda ko'rinsa - yadro urushidan dalolat beradi. Tushingizda bir baliq boshqa bir baliqqa xujum qilayotganligini ko'rsangiz - bu, suv osti kemasining xujumidan xabardor etadi. Agar sasigan baliq tushingizga kirsa - kutilmagan ovozalar tufayli sizning e'tiborli kishi bilan munosabatlaringiz buziladi. Tushda jonli ko'p baliqni ko'rish-sizning matonatingizni va bardoshingizni bildiradi.

 

Manba: MusicUz.Ru

Категория: Tush Tabiri | Просмотров: 4405 | Добавил: NuRMuHaMMaD | Теги: Tushda Baliq ko'rsa / Тушда Балик к | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость