Главная » 2015 » Март » 17 » Tushda Kema ko'rsa / Тушда Кема курса
07:07
Tushda Kema ko'rsa / Тушда Кема курса

Kema - yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi. Tushda oltin yelkanli yoki boshqa bezaklari bor kemani ko'rish - tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda baxtli davr boshlanganligi belgisidir. Oq yelkanli kemani tushda ko'rish - sizning mamlakatingiz hayoti shimoldagi qudratli va gullab-yashnayotgan davlat bilan uzluksiz bog'langandagina baxt keltirishini bildiradi. Qizil rangdagi kema tushga kirsa - bu baxt-saodatga erishish va farovonlikka yetish yo'lida turli to'qnashuvdan dalolat beradi. Eski, buzuq kemani tushda ko'rish - bu belgida baxt-saodatga ishonish bekordir, taqdirni boshqa mamlakat bilan bog'lash yoki ona-vatanda siyosiy vaziyatni o'zgartirish kerakligidan shohidlik beradi. Agar yonayotgan kema tushingizga kirsa - bu to'satdan tinchlikning buzilishi, urush e'lon qilinishi yoki kuchli tabiiy ofat tufayli tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda uzoq, vaqt hayotning yomonlashishi, ko'p qayg'u va alam yetishining belgisidir. Kemaning portlaganini tush ko'rish - bu dunyo miqyosidagi halokatlar - koinot jismlari bilan to'qnashuv, ekologik tanglikning kelib chiqishini, yadro urushining ro'y berish alomatidir.

 

Manba: MusicUz.Ru

Категория: Tush Tabiri | Просмотров: 1121 | Добавил: NuRMuHaMMaD | Теги: Tushda Kema ko'rsa / Тушда Кема кур | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость