Главная » 2015 » Апрель » 13 » Umidaxon – Yangi tarona - Fan klub
14:12
Umidaxon – Yangi tarona - Fan klub
 
Screenshot_2015-04-10-12-27-52~2Milliy va zamonaviy estrada yo’nalishida kuylangan qo’shiqlari bilan ko’pchilikning dilidan joy olgan Umidaxon, har kuni ijodiy yangiliklar yaratish maqsadida izlanishda davom etmoqda. Uning sokin ohangdagi qo’shiqlari qalbga huzur bag’ishlasa, sho’x taronalari raqsga chorlaydi. Har bir ijod namunasi ustida taniqli va iste’dodli ijodkorlar bilan hamkorlik qilayotgan Umidaxon navbatdagi yangi kompozitsiyasini premyera etish arafasida.
«Sevishganlar» deb nomlangan mahzun taronaning so’zi va musiqasi muallifi Eldor qayumov, aranjirovka ustasi esa Jasur Badalboyev. Milliy estrada yo’nalishida yaratilgan mazkur tarona uchun tez kunlarda videoklip suratga olish ishlari boshlab yuboriladi. Klipni tasvirga olishda Umidaxon doimiy ijodiy hamkorlari rejissyor Sarvar Karimov hamda operator Izzat lutfullayevlarga murojaat etdi.


Umidaxonning ijodida yana bir quvonchli voqea. Xonandaning rasmiy fan klubi tashkil etilmoqda. Umidaxonning ijodiga befarq bo’lmagan va fan klubiga a’zo bo’lishni istaganlar quyidagi (97) 7379662 telefon raqami bilan bog’lanishlari mumkin.
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 1226 | Добавил: AsadulloH | Теги: Umidaxon – Yangi tarona - Fan klub | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость