Главная » 2015 » Март » 21 » Xiyonat…
12:34
Xiyonat…

Xiyonat…
27-28 yoshlardagi oilali erkakdan so‘rashibdi:

–Xotiningizga xiyonat qilganmisiz? Yoki, hech bo‘lmaganda shunaqa fikr hayolingizdan o‘tganmi?

U kishi javob beribdi:

"Yoshligimda, avval qiziqib, keyinchalik esa o‘rganib qolib sigaret cheka boshladim. Boshida kamroq edi, uydagilar uncha bunchada sezib qolishmas, keyinchalik har doim yashirib chekishga, xidi qolgan kiyimlarni tozalashga, sigaret chekishimni fosh qiladigan dalillar, guvohlarni yo‘qotishga tirishardim. Bu rostdanda qiyin va ahmoqona edi. Tashlashga esa irodam yetmasdi…. Bularni hammasini sir saqlash, yaqinlarim xabar topishi va mening uyatda qolishimdan qo‘rqib yashash, o‘g‘rilik qilayotgan odamdek, qo‘rquvda yurish, o‘z vijdoning oldida doim boshing egikligi, gunoh ekanligini bilish va o‘zni tiya olmaslik, o‘rgangan ko‘ngilning ishlari, bari, hamma hammasi ezgu niyatlarga intilgan kishi uchun juda og‘ir….

Endi, tasavvur qiling, kichkinagina, jonsiz, aslida unchalik qo‘rqinchli bo‘lmagan narsa uchun qancha umrim qiynoqda o‘tdi, jonli, ongli, uning ustiga pokiza bir ayolni aldab so‘ng ko‘zlariga qanday qarayman, avval ham aytganimdek ezgu niyatlarga intilgan inson uchun, bir umr tahlikada yashash, o‘z vijdoni oldida yuzi shuvut bo‘lishdanda og‘irroq azob yo‘q.

Mayli, bu kichkinagina sigaret chekishni yashirishdagi qiynoq ulg‘aygunimgachadir, lekin, xiyonatning azobi abadiyku…. Yetar, o‘smirlik davrimda nisbatan osonroq azoblarga chidaganim, bularnida yenga olmay qiynaldim, butun umrlik azoblarga qanday chidayman!!!

Muallif: Bekzod Xo‘janazarov

Категория: Hayotiy Hikoyalar | Просмотров: 1592 | Добавил: NuRMuHaMMaD | Теги: Xiyonat… | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Гость