Yozda yomg‘ir yog‘sa seni eslayman…
Biz doim shu vaqtda gaplashardik. Uning birinchi smsi quyidagicha bo‘lardi:
-Salooom (ketidan kulib turgan smaylik)
Keyin men davom ettirardim:
-Salom, (menda ham doim unikidek smaylik) nima qilyapsiz?
-Derazadan qarab o‘tiribman….
-Ehtiyot bo‘ling, tushib ketasiz!
-Uchib ketgim kelyapti.
-Qayerga? Meni ham olib ketasizmi?
-Uzoqlarga. Yo‘q sizni olib ketmayman. (Ha, u olib ketmadi. Hazilda ham, hayotda ham. U o‘zi boshqa yo‘ldan ketdi)
-Ho‘p, mayli, (yana kulgan smaylik, chunki undan hech hafa bo‘lmasdim) hozir yomg‘ir yog‘adi!
-Yozning issiq kunidaya!? Qani edi…. (aytganimdek yomgo‘ir yog‘di, yoz yomg‘iri, u hursand sms yozdi yana, ‘og‘zi qulog‘i’da smaylik bilan, uning yoqimli odatlaridan biri edi bu)
-…Rostdan yog‘di, yoz yomg‘irini juda ham yahshi ko‘raman…. (uning uchun shu faslning yomg‘iridan yoqimli narsa izlay boshladim, chunki bu yomg‘ir menga yoqmasdi, kecha ham yoz yomg‘iri yog‘di, ozroq turdim, uni esladim, uzoq tura olmadim, ha, tura olmadim…. Keyin smsni men davom ettirardim)
-Ana, yomg‘irning isi chiqdi. (u esa odatdagidek kulganicha, javob berdi)
-Yomg‘irda ham is bo‘larkanmi? Bu yerning isi…. (balki, shunaqadir, lekin, kechagi yomg‘irdan men uning iforini tuydim…. Odatdagidek kech bo‘ldi, butun shahar qatorida biz ham oromga ketdik. Yahshi damlar edi…. Yoz menga va’dalar berdi-berdi, keyin esa o‘rnini men sevgan fasl kuzga bo‘shatib ketdi.
Sovuq shamol, achchiq yomg‘irlar bilan bizning ham sevgimizga sovuq tushdi.)
Unga ohirgi yozgan smsim quyidagicha edi:
Qabring boshida turib yig‘layman,
Meni kuz yomg‘iridan izlagin,
Yozda yomg‘ir yog‘sa seni eslayman,
Kuzda yomg‘ir yog‘sa meni eslagin…
Muallif: Bekzod Xo‘janazarov
Manba: Nomdor.Ru
|